Jahon | 08:45 / 16.06.2018
4546
1 daqiqa o‘qiladi

«Burnini tiqish kerak emas». Maduro Kolumbiyani fitnada aybladi

Foto: Reuters /Carlos Garcia Rawlins

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, Kolumbiya yetakchisi Xuan Manuel Santos uning davlatida harbiy mojaro yuzaga kelishini xohlamoqda. Bu haqda Globovision xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Santos AQSh imperiyasiga foyda keltirish maqsadida, Venesuelada harbiy mojaro yuzaga kelishini xohlamoqda».

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Kolumbiyada rejalashtirilayotgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonadigan shaxs «Santosning xatolarini» to‘g‘rilashi talab etiladi.

Maduroning qayd etishicha, «boshqa mamlakatlar Venesuela ishlariga o‘z burnini tiqishi kerak emas».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Venesuelaning ADTdan chiqishi milliy bayram bo‘lishini ma'lum qilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid