Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 27 aprelni bayram kuni sifatida e'lon qildi. Bunga mamlakatning Amerika davlatlari tashkiloti (ADT)dan chiqayotgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Men hozir shuni e'lon qilamanki, 27 aprel kuni bayram kuni bo‘ladi, sababi biz shu kuni Amerika davlatlari tashkilotidan chiqmoqdamiz», - deya ma'lum qilgan Maduro.

Shuningdek, Venesuela prezidenti mamlakatda bayram tadbirlari tashkil qilishni va'da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat Amerika davlatlari tashkiloti sammitlarida boshqa ishtirok etmasligini aytgandi.