Isroil tomon portlovchi moddali varraklar uchirilishi ko‘plab yong‘inlarga olib keldi
Isroillik o‘t o‘chiruvchilar G‘azo sektoridan Isroil tomon portlovchi moddali varraklar uchirilgandan keyin 400 dan ortiq yong‘inni o‘chirishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Haaretz nashri ma'lum qildi.
“Biz bu muammoga qarshi 1,7 mlndan 2 mln shekelgacha (550 ming dollar) miqdorda qo‘shimcha mablag‘ sarfladik. Gap mamlakatning turli tumanlaridan ko‘mak sifatida kelgan o‘ch o‘chiruvchilarning minglab soatlik ishi haqida ketmoqda”, deb aytgan o‘t o‘chirish xizmati xodimi Dedi Simchi.
Simchi shunday holatlar yana sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning aytishicha, “Isroil aholisi yong‘inlarga tayyor turish haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishlari muhimdir”.
Bundan bir kun avval Times of Israel nashri falastinliklar 15 iyun kuni G‘azo sektoridan Isroil tomon portlovchi qurilmali 5 mingta varrak uchirish bilan tahdid qilganlarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:30
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024