O‘zbekiston | 14:45 / 16.06.2018
11877
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘ztreyd” boshqaruvi raisi tasdiqlandi

Doniyor Sodiqovich Qodirov Tashqi savdo vazirligi “O‘ztreyd” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

D.Qodirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘ztreyd” AJ 2017 yil 26 maydagi prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi, shu jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha yangi bozorlarni izlash va o‘zlashtirish hisoblanadi.

Mavzuga oid