Polkovnik Doniyor Qodirov prezident maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.

Özbekiston prezidentining 2021 yil 29 yanvardagi farmoni bilan polkovnik Doniyor Qodirov içki işlar vazirining transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça örinbosari lavozimidan ozod etilib, prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur lavozimda işlab kelayotgan Uluğbek Toşxöjayev boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Doniyor Qodirov öz vaqtida IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasiga rahbarlik qilgan. Şuningdek, u 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği bölgan.