Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus ştabida taşkil etilgan brifingda karantin davrida aholi xavfsizligini ta'minlaşda yuzaga keladigan qator masalalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.

«Karantin davrida viloyatlarda ilgari faoliyat yuritgan yöl harakati xavfsizligi maskanlari vaqtinça faoliyat olib boradi.

Yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etiş maqsadida bu çorani qöllaymiz. Şu maqsadda viloyatlararo yöl harakati xavfsizligi maskanlari faoliyati vaqtinçalik tiklanadi.

Ularning vazifasi Toşkent şahriga kirib kelayotgan avtomobil haydovçilariga harakat çeklangani haqida (yangiliklardan bexabar bölsa) axborot berişdir. Har bir viloyatdagi yöl harakati xavfsizligi maskanlarida ogohlantiruv va ma'lumot beriş tizimini yölga qöyamiz.

Maskanlarda Milliy gvardiya va Içki işlar vazirligi xodimlari birga hamkorlikda xizmat olib borişadi», deya vazir örinbosari Doniyor Qodirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Transport vazirligi 23 mart kuni Toşkent şahriga kiriş va çiqiş ëpilişini e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, viloyatlar çegaralaridagi nazorat postlari Prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2017 yilgi murojaatnomasidan söng olib taşlangan edi.