Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kiberqo‘mondonligi strategiyasi o‘zgardi
Foto: Reuters /Jason Reed
Pentagon kibernetik qo‘mondonlikka kiberhujumlardan himoyalanish uchun ancha «tajovuzkor» yondashuvdan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda New York Times manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, avvalroq kiberqo‘mondonlik ko‘proq mudofaa strategiyasi tarafdori bo‘lgan bo‘lib, xakerlar internetning Amerika segmentiga «bostirib kirgach», hujumlarga reaksiya bildirgan.
Biroq, Pentagon shu yildan mahkamaga kiberhujumlarning oldini olish maqsadida xorijiy tarmoqlarga «deyarli har kunlik reydlarni» amalga oshirish imkoniyatini berdi.
Qayd etilishicha, strategiyadagi o‘zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi noma'lum. Xususan, bu Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda keskinlikni yuzaga keltirishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh hukumati amerikaliklarga Qrim bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
17:51 / 28.04.2026
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026