Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Merkel tomonidan taklif etilgan favqulodda sammitni o‘tkazmaydi
Foto: EPA/CLEMENS BILAN
Yevroittifoq tuzilmalaridagi manbaning xabar berishicha, YeIda migrantlar muammosi bo‘yicha favqulodda sammitni o‘tkazishga doir rejalar yo‘q. Buni Germaniya kansleri Angela Merkel tashkil etishni xohlagandi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Manba so‘zlariga ko‘ra, Yevrokengash muddatidan avvalgi sammit o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q.
«Rahbarlarning keyingi uchrashuvi, avval rejalashtirilganidek, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi», - deya aytib o‘tdi manba.
Avvalroq, Merkel Yevropadagi migratsion inqiroz bo‘yicha favqulodda sammit o‘tkazishni istayotgani haqida xabar berilgandi. Germaniya kansleri Gretsiya, Avstriya va Italiya bilan migrantlar muammosini muhokama qilmoqchi edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Merkel yana AQSh haqida gapirib, Trampni ayblagandi.
Mavzuga oid
22:42 / 28.04.2026
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
21:03 / 28.04.2026
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari 12 barobar oshishi kutilmoqda
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
20:50 / 17.04.2026