Germaniya kansleri Angela Merkel AQŞ prezidenti Donald Trampni savdo balansi böyiça eskirgan pozitsiyada aybladi. Bu haqda Hamburger Abendblatt xabar bermoqda.
«Agarda siz ulardan xizmatlar va ular savdo balansiga qanday kiritilgani haqida sörasangiz, unda AQŞda Yevropa bilan savdoda katta profitsit borligi oydinlaşadi. Hamda xizmatlar uluşi oşib boradi. Biroq, balansni modernizatsiya qiliş muhim, bu biz işlar haqida gaplaşib olişimiz uçun kerak. Buning ustiga, AQŞ Germaniyaga emas, balki Germaniya AQŞga köproq sarmoya kiritmoqda», - degan Merkel.
Merkel bu haqda Xristian-demokratik ittifoq fraksiyasi iqtisodiy kengaşi tadbirida çiqiş qilib aytib ötgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya hukumati Tramp va Merkel tasvirlangan fotosuratga izoh bergandi.












