Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil yonuvchi sharlarga javoban G‘azoga aviazarba berdi
Isroil aviatsiyasi falastinliklar yong‘in uyushtirish maqsadida Isroil tomon uchirayotgan yonuvchi sharlarga javoban XAMAS harakatining G‘azo sektoridagi infratuzilmasiga aviazarba berdi.
Zarba oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot berilmagan.
Yoqilg‘i yoki portlovchi moddalar biriktirilgan sharlar va varraklar ko‘rinishidagi yangi hujum usuli falastinliklarning namoyishlari boshlangandan keyin paydo bo‘ldi. Bu sharlar va varraklar oddiyligiga qaramasdan, katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon maydonlarida yong‘in chiqarib, millionlab dollar zarar keltirgan.
Isroilliklar o‘z dronlarini bu sharlar va varraklarni urib tushirishga mo‘ljallab moslashtirishgan, ular uchiriladigan hududlarga ogohlantiruvchi o‘q uzishmoqda va XAMASning harbiylashgan qanotiga tegishli turli obektlarni bombardimon qilishmoqda.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026