Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya OAV AQSh koalitsiyasi aviazarbasi haqida xabar berdi
Foto: REUTERS
AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyoti Suriya armiyasining mamlakat sharqidagi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda Reuters Suriya OAVga asosan xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, aviazarba oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor, biroq bu boradagi batafsil ma'lumot keltirilmagan.
Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlovchi harbiy guruhlardan birining qo‘mondoni agentlikka xabar berishicha, uchuvchisiz uchar qurilmalar Suriyaning Al-Bukemal shahri yaqinidagi pozitsiyalarga zarba bergan.
Pentagon bu boradagi xabarlarni rad etib chiqdi.
«Bu AQSh yoki koalitsiya zarbasi emas», - deya ma'lum qildi Pentagon vakili Edrian Rankayn-Gallouey.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriya hukumatini ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
09:21
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
08:51 / 30.12.2025
Tramp: AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi
19:42 / 29.12.2025