AQŞ Suriya hukumatini mamlakat janubi-ğarbidagi keskinlikdan xoli hududga harbiy hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi va Rossiyani Damaşqqa bunday zonani saqlab qoliş uçun ta'sir körsatişga çaqirdi.
«Qöşma Ştatlar Suriya hukumatining mamlakat janubi-ğarbidagi keskinlikdan xoli hududda harbiy amaliyotlar ötkaziş böyiça xabarlaridan taşvişda. Bunday hudud AQŞ, Iordaniya va Rossiya örtasida ötgan yili muvofiqlaştirib olingandi hamda prezidentlar (Donald) Tramp va (Vladimir) Putin tomonidan noyabrda Vetnamning Danangida tasdiqlandi», - deyiladi xabarda.
Davlat departamentidan qöşimça qilişlariça, Suriya hukumatining janubi-ğarbiy hududdagi keskinlikdan xoli zonaga qarşi istalgan harbiy harakatlari mojaro yanada kengayişiga olib kelişi mumkin.
«Biz yana bir bor şuni tasdiqlaymizki, AQŞ Suriya hukumati bu sohada buzilişlarga yöl qöysa, qat'iy hamda tegişli javob çoralarini qöllaydi», - deya qöşimça qilib ötişgan idoradan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiyaning Suriyaga aloqador navbatdagi yolğoni haqida ma'lum qilgandi.












