Jahon | 10:33 / 20.06.2018
10775
1 daqiqa o‘qiladi

HAMAS Isroilga qarata 45ta raketa uchirdi

Foto: Reuters

HAMAS harbiylashgan harakati a'zolari 19 iyundan 20 iyunga o‘tar tunda G‘azo sektoridan Isroil hududlariga qarata 45ta raketa uchirdi. Bu haqda Isroil armiyasining tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Isroil armiyasidan ta'kidlashlaricha, «Temir qubba» raketalar hujumidan mudofaa tizimi yordamida yettita raketani tutib olishga muvaffaq bo‘lingan. Harbiylarning qayd etishicha, Isroil tinch aholisini himoya qilishda davom etadilar.

Avvalroq, Isroil aviatsiyasi falastinliklarning G‘azo sektoridagi uchta obektiga zarba bergani xabar qilingandi. Bu olovli varraklar va sharlar sabab yuz bergani aytilyapti, falastinliklar ularni chegaraning qarama-qarshi tomonida yong‘in chiqarish maqsadida uchirishgan.

Mavzuga oid