Xitoy AQShning qaroriga munosabat bildirdi
Xitoy AQSh BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqish haqida qaror qabul qilganidan afsusda. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.
«Xitoy AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqish to‘g‘risidagi qarori tufayli afsusda ekanini bildiradi. Inson huquqlari bo‘yicha kengash BMT Bosh assambleyasi tomonidan ta'sis etilgan. Bu inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi muloqot va hamkorlik bo‘yicha muhim platformadir. Barcha tomonlar kengash ishiga juda jiddiy e'tibor qaratadi», - deya aytib o‘tdi Gen Shuan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil AQShning «jur'atli» qarorini olqishlagandi.
Mavzuga oid
11:00
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
10:40
BMT Xavfsizlik kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
08:20
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
16:57 / 03.10.2024