Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Rossiyaning BMT bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi
Foto: mid.ru
Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov va BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh jahondagi muammolarni kollektiv tarzda hal qilish, shuningdek, xalqaro normalarga asoslangan tartibni qo‘llab-quvvatlash lozimligini tasdiqlashdi. Bu haqda idora saytida xabar berilmoqda.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni BMTni qo‘llab-quvvatlaydi va bu bilan shug‘ullanishda davom etadi. Uning ta'kidlashicha, tashkilot darajasini oshirish lozim, jumladan, mintaqadagi mojarolarga yechim topish yo‘li bilan ham.
«Kecha o‘zingiz Kremldagi uchrashuvda ta'kidlaganingizdek, bu bir tomonlama tartibda emas, balki xalqaro tizim umumiy holati va BMTga a'zo davlatlarning kollektiv harakatlanishga tayyorligiga bog‘liqdir», - deya ma'lum qilgan Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot Nizomi mantig‘i jahon darajasidagi muammolarga yechim topish uchun «yirik o‘yinchilar» sa'y-harakatlari birlashishini nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh BMT bosh kotibiga o‘z qarori haqida rasman ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:22
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
14:46
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi
14:30
Germaniya TIV: Rossiya fuqarolariga nisbatan “asossiz ta’qib” yo‘q
13:30