Jahon | 22:43 / 23.06.2018
2302
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vaziri olgan sovg‘asi uchun 100 dollar jarimaga tortildi

Foto: Adrian Wyld/Canadian Press

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat provinsiyalaridan birida olingan sovg‘ani deklaratsiya qilmagani uchun 100 dollarjarimaga tortildi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, gap ikki juft quyosh nuridan saqlovchi ko‘zoynaklar haqida ketmoqda. Tryudoga ularni Kanada provinsiyalaridan birining rahbari sovg‘a qilgan. Etika bo‘yicha kuzatuv organi mamlakat bosh vaziriga Manfaatlar mojarosi to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun 100 dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi.

Siyosatchining matbuot kotibi Eleanora Katenaro so‘zlariga ko‘ra, gap «ma'muriy xato» haqida ketmoqda. Uning aniqlik kiritishicha, bosh vazir deklaratsiya shaklini noto‘g‘ri to‘ldirgan, xolos.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid