Jahon | 01:03 / 29.06.2018
2585
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada etnik ixtilof 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Efiopiya g‘arbidagi etnik ixtilof sababli kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda mamlakatning adliya va xavfsizlik byurosi rahbari Dinsa Beyyenaga iqtibos keltirgan holda mahalliy Fana TV telekanali ma'lum qildi.      

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ixtilof Benishangul-Gumuz viloyatidagi Asosa, Sherkol va Mao-komo shaharlarida yuz bergan.  

Ma'lum qilinishicha, politsiya ixtilofni avj oldirishda gumon qilib 46 kishini qo‘lga olgan. Hozirda vaziyat tinchlangan.

“Sinxua” axborot agentligining ma'lum qilishicha, ixtilof 3 kundan beri davom etmoqda. Mojaroga esa ikki kishining janjali sabab bo‘lgan va u turli etnik guruhlar vakillari o‘rtasidagi nizoga aylanib ketgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid