Jahon | 15:04 / 29.06.2018
10234
1 daqiqa o‘qiladi
Yevroittifoq Rossiyani MH17 halokati uchun javobgarlikni tan olishga chaqirdi
Yevroittifoq Rossiyani 2014 yilda Ukraina osmonida qulagan Malayziyaning MH17 reysidagi Boeing samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Yevropa kengashi BMT Xavfsizlik kengashining MH17 reysi halokati bo‘yicha 2166-sonli rezolyutsiyasini butunlay qo‘llab-quvvatladi.
«U (Yevropa kengashi) Rossiya Federatsiyasini o‘z javobgarligini tan olish va haqiqat, adolatni o‘rnatish bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarni ko‘rish hisobidan to‘la hamkorlik qilishga chaqiradi», - deyiladi bayonot matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Gaagadagi elchixonasi yonida 298ta bo‘sh kursi o‘rnatib qo‘yilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024