Rossiyaning Gaagadagi elçixonasi yonida 298ta böş kursi örnatib qöyildi. Bu haqdagi tegişli fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, şu tariqa Ukraina osmonida 2014 yilda urib tuşirilgan «Boing» yölovçilari yaqinlari özlarining noroziliklarini bildirişgan.
Joriy yilning 25 may kuni Niderlandiya va Avstraliya hukumati Rossiyani Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatida rasman ayblagandi. Ta'kidlanişiça, Rossiya samolyotning qulaşiga aloqador ekanini rad etib kelayotgan bölsa-da, Niderlandiya va Avstraliya hukumati aynan Rossiya röy bergan halokatga mas'ul ekaniga işonçi komil.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Vladimir Putin xalqaro tergov guruhining Malayziya Boeinği halokati böyiça xulosalarini hali örganib çiqmaganini aytgandi.
Şuningdek, YeXHTning maxsus monitoring missiyasi iştirokçilari 2014 yil iyul oyida Donetsk uzra osmonda urib tuşirilgan Malayziyaning Boeing 777 halokatini suriştiruvdan ötkaziş jarayonida iştirok etişmayotgani xabar qilindi.
Niderlandiya Ukraina va «Malayziya aviayönalişlari»ni MH17 uçun javobgarlikka tortişdan boş tortgandi.












