Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan qurollanish poygasini muhokama qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan tashkillashtiriladigan uchrashuv chog‘ida qurollanish poygasi masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Biz sayyoramizda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida gaplashamiz. Tinchlik (peace) haqida so‘z yuritamiz. Biz hattoki qurollarga sarflanayotgan millionlab dollarlarni tejab qolish haqida fikr almashishimiz mumkin... biz avval hech kim va hech qachon ko‘rmagan kuchni yaratmoqdamiz», - deya aytib o‘tgan Tramp.
Avvalroq, Donald Tramp Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning bekor qilinishi uning xatti-harakatlariga bog‘liq ekanini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp Putin bilan Suriya bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026