AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan Xelsinkidagi özaro uçraşuv çoğida Suriyadan Amerika qöşinlarini olib çiqib ketiş masalasini muhokama qilmoqçi. Bu haqda CNN manbalarga asosan xabar bergan.
Telekanal ma'lumotlariga köra, Tramp Suriya janubi-ğarbiy tumanlaridan AQŞ qöşinlari va Amerika pozitsiyasiga yaqin bölgan birlaşmalarni olib çiqib ketişga tayyor. Faqat bunda Rossiya Eronga uşbu tumanlarga kirişni taqiqlab qöyişi talab etiladi.
Ta'kidlanişiça, Trampning fikriça, amerikalik harbiylar Suriyani imkon qadar tezroq tark etişi lozim. Şuning uçun u janubi-ğarbiy tumanlarni Suriya Arab Respublikasi hukumat qöşinlari nazoratiga berişga tayyor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Putin bilan nima haqida gaplaşişi ma'lum qilingandi.












