Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevroittifoqni savdo sohasida Xitoy kabi zarar yetkazmoqda deb hisoblaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevroittifoq savdo sohasida, Amerikaga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda deya taxmin qilmoqda, buni Xitoy tomonidan yetkazilayotgan zararga qiyoslash mumkin. Tramp yakshanba kuni Fox News telekanalida efirga uzatilgan intervyuda shunday bayonot bildirdi.
Donald Trampga "YeI mamlakatlaridagi ittifoqdoshlari bilan hamkorlikda savdo sohasida Pekinga qarshilik qilgan yaxshi emasmikan?" qabilida savol berilgan. "Yevropa Ittifoqining o‘zi, ehtimol, Xitoy kabi yomondir, shunchaki biroz kamroq, - dedi AQSh prezidenti. - Ularning bizga nisbatan qilgan ishini yaxshi deb bo‘lmaydi".
U YeI haqida so‘zlar ekan, shunday dedi: "Ular Mercedes'larni yuborishadi, biz esa ularga o‘zimizning mashinalarimizni yo‘llay olmaymiz. Ular bizning fermerlarimizga nisbatan qanday yo‘l tutishmoqda, qarang, ularga bizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarimizning keragi yo‘q. Biz o‘zimiznikilarni himoya qilmaymiz, ular esa - ha", - deya ta'kidladi Tramp.
"Yevroittifoq bilan savdo sohasida muammolarimiz bor, lekin biz ularni muhofaza qilish uchun NATOga ancha mablag‘ sarflaymiz", - dedi Tramp.
Mavzuga oid
12:16 / 24.04.2026
Yevroittifoq O‘zbekistonning ikkita korxonasiga sanksiya kiritdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
08:55 / 23.04.2026