Sport | 12:40 / 03.07.2018
7341
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Neymarni rekord narxga transfer qilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Foto: Squawka

«Real» matbuot xizmati «PSJ» hujumchisi Neymar uchun 310 million yevro taklif qilingani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi. Avvalroq TVE Ispaniya davlat telekanali bu haqda xabar tarqatgandi.

«Bugun oqshom TVE tomonidan tarqatilgan, «Real»ning Neymarni jamoaga taklif qilgani haqidagi ma'lumot mutlaqo yolg‘on. «Real» na «PSJ»ga va na o‘yinchining o‘ziga hech qanday taklif bilan chiqqani yo‘q.

Ispaniya jamoatchilik telekanalining haqiqatdan yiroq bo‘lgan bunday yolg‘on xabarni tarqatgani, kanal vakillaridan hech kim osonlikcha inkor etilishi mumkin bo‘lgan xabarni tekshirib ko‘rish uchun tomonlardan hech qaysi biriga murojaat qilmagani «Real»ni hayron qoldirmoqda», - deyiladi «qaymoqranglilar»ning rasmiy saytidagi bayonotda.

Neymar 2017 yil yozidagi transferlar oynasi vaqtida «Barselona»dan 222 million yevro evaziga «PSJ» safiga qo‘shilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid