Rossiyalik milliarderlar yil boshidan 3 mlrd dollardan ko‘proqqa boyishdi
24 nafar rossiyalik milliarderning umumiy boyligi 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 3,271 mlrd dollarga ko‘paydi. Bundan Bloomberg Billionaires Index (BBI) indeksi ma'lumotlari darak bermoqda.
Indeks milliarderlar o‘z ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalar aksiyalari narxi va hisoboti asosida hisoblab chiqiladi. BBI reytingi hammasi bo‘lib dunyoning 500 eng boy odamini o‘z ichiga oladi.
Reyting ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiyaning eng boy odami “Novatek” rahbari Leonid Mixelson hisoblanib, uning boyligi yil boshidan 2,23 mlrd dollarga ko‘paygan va hozirda 18,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 2-o‘rinni “Severstal”ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov egallagan. Biroq uning boyligi ko‘rilayotgan davr ichida 804 mln dollarga kamayib, 18,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 3-o‘rinni Vladimir Lisin egallagan, u o‘z boyligini 475 mln dollarga ko‘paytirib, 18,5 mlrd dollargacha yetkazib qo‘ygan.
Ro‘yxatning 4-o‘rnini “Nornikel”ning asosiy aksiyadorlaridan biri Vladimir Potanin egallamoqda, u 674 mln dollar yo‘qotgan. Potaninning boyligi 18,3 mlrd dollarga baholangan. Yuqori beshtalikni “Yevroxim” benefitsiari Andrey Melnichenko yakunlamoqda. Uning boyligi 1,62 mlrd dollarga ko‘payib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
“Renova” kompaniyalari guruhining asosiy egasi va direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg 6-o‘rinni egallamoqda. U yarim yil ichida 880 mln dollar yo‘qotgan, boyligi 15,4 mlrd dollarga baholanmoqda. 7-o‘rinni egallayotgan “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovning boyligi aksincha 1,92 mlrd dollarga ko‘payib, 14,5 mlrd dollarga yetgan.
Alisher Usmonovning boyligi yarim yil ichida 250 mln dollarga kamaygan va 14,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda kelayotgan Roman Abramovich 1,27 mlrd dollarga boyigan (umumiy boyligi 13,8 mlrd dollar), Mixail Fridman 852 mln dollar yo‘qotgan (13,5 mlrd dollar), Gennadiy Timchenko esa 1,29 mlrd dollarga boyigan (12,4 mlrd dollar).
Oleg Deripaska dunyoning eng boy 500 kishisi reytingidan chiqib ketdi. Aprelda Deripaska va unga tegishli kompaniyalar (En+ Group, “GAZ”, “Bazovyy element” va “Rusal”) AQSh sanksiyalari ostiga tushgach, “Rusal” va En+ aksiyalari keskin arzonlashib ketgan. Deripaskadan tashqari reytingni Suleyman Kerimov, Mixail Gutseriyev va Yuriy Milner tark etgan.
Mavzuga oid
01:16
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024