Jahon | 14:52 / 03.07.2018
5247
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy va Shimoliy Koreyaning urush vaqtida ajralib qolgan fuqarolari uchrashadi

Foto: LINE Today

Janubiy Koreya va KXDR 1950-53 yillardagi Koreya urushi davrida chegaraning ikki tomonida qolib ketgan oilalarni uchrashtirish bo‘yicha fuqarolar ro‘yxatini almashdi.  Bu haqda Yonxap agentligi Qizil xoch jamiyatining rasmiy vakiliga asoslangan holda xabar qilmoqda

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, umumiy hisobda 2 mamlakat ro‘yxatiga jami 450 kishining ism-sharifi kiritilgan. Shundan 250 kishi janubiy koreyalik, 200 fuqaro shimollikdir. Ro‘yxatning yakuniy namunasi 25 iyulda aniq bo‘ladi. Urush oqibatida ajralgan oilalar uchrashuvi Shimoliy Koreyaning Kimgansan tog‘li dam olish maskanida 20–26 avgust kunlari tashkil etiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid