Jahon | 10:02 / 07.07.2018
9602
2 daqiqa o‘qiladi

Anytime karshering xizmati 500 dona brendsiz BMW sotib oldi

Foto: BMW

Anytime karshering xizmati uchinchi turkumdagi 500 dona BMW avtomobilini brendi yo‘q holda sotib oldi.

Mazkur xizmatning boshqa mashinalaridan farqli o‘laroq, BMW avtomobillari brendsiz bo‘ladi, bu mijozlarga o‘zlarini mashina egalaridek his qilishlariga yordam beradi, deb hisoblamoqda Anytime xizmatidagilar.

BelkaCar karsheringi asoschisi Yekaterina Makarova esa brendlashdan voz kechish biznesga foyda keltirmaydi, demoqda. 

«Agarda avtomobilning brendi bo‘lmasa, kompaniya imtiyozli parkovka ruxsatnomasini olmaydi», — deb tushuntirdi u.

Ma'lum qilinishicha, Anytime xizmatining BMW mashinalarida 200 kilometr masofagacha borish va Moskva shahrida va Domodedovo, Sheremetevo, Vnukovo, Jukovskiy aeroportlarida bepul parkovka qilish mumkin. 

Kompaniya avtomobillarni qancha pulga sotib olganligi oshkor qilinmayapti. «Kommersant» manbasi 1 mlrd rubllik shartnoma imzolanganini aytdi.

2018 yil mayida Anytime karshering xizmatini «Delimobil» kompaniyasi sotib olgandi. Hozirda kompaniya avtoparkida Hyundai Solaris, Renault Kaptur va Audi TT avtomobillari mavjud.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid