Jamiyat | 20:51 / 09.07.2018
26433
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada o‘zbekistonlik ayol qaramog‘idagi qizni urib o‘ldirdi

Foto: newkuban.ru

Gruziyaning Batumi shahri o‘likxonasida 4 yashar o‘zbek qizining jasadi bir oydan beri saqlanmoqda. Onasining dugonasi tomonidan urib o‘ldirilgan qiz jasadini ko‘mish uchun qonunchilik talablari bajarilmayapti. 

“Hech kim jasadni so‘rab kelgani yo‘q, hech kim dafn qilishga ruxsat ham bergani yo‘q”, - deb xabar qiladi «Imedi» telekanaliga asoslangan holda Gruziya online nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, fojia 14 iyun kuni Batumida ro‘y bergan. O‘zbekiston fuqarosi qizini vatandosh dugonasiga qizini qoldirib, Turkiyaga ishlashga ketgan. Qizaloqni olib qolgan ayol esa, uni qattiq urganidan qizcha hayotdan ko‘z yumdi. Shundan so‘ng, ayol bolaning jasadini ko‘tarib, politsiya idorasiga borgan va qilmishiga iqror bo‘lgan. 15 iyunda aybini tan olgan ayol qamoqqa olingan.
 
Shu bilan birga, Gruziya IIV bolani dafn eta olmayotganini bildirmoqda. Buning uchun onaning yoki ishonchli vakilining ruxsati talab etiladi. IIV boshqa mamlakatda bo‘lib turgani uchun Gruziyaga kela olmayotgan ona bilan aloqada bo‘lib turibdi, deyiladi xabarda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid