Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask tailandlik bolalarni qutqarish uchun moslamani sinovdan o‘tkazmoqda
SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask Tailandda g‘orda qolayotgan bolalarni qutqarish uchun taklif qilgan suv osti moslamasi – mini-submarinalarni sinovdan o‘tkaza boshladi.
Avvalroq Mask g‘orshunoslar bilan doimiy aloqada bo‘layotganini va bolalarni qutqarish uchun turli mexanizmlarni ishlab chiqayotganini ma'lum qilgandi.
Jumladan, Mask ular bilan qutqaruv kapsulasi mexanizmini muhokama qilmoqda. Bu qurilma evakuatsiya o‘tkazish uchun yetarlicha xavfsiz bo‘lishi lozim.
O‘smirlar futbol jamoasining 12 a'zosi va ularning murabbiyi iyun oxiridan beri Tailand shimolidagi Kxao Luang g‘orida qolmoqdalar. G‘orga aylangani kirgan bolalar u yerga kirish joyi yomg‘irlar sababli suv ostida qolgani uchun undan chiqib keta olishmayapti.
Testing underwater in LA pool pic.twitter.com/CDO2mtjP2D
— Elon Musk (@elonmusk) July 8, 2018
— Elon Musk (@elonmusk) July 8, 2018
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026