Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun registratsiya qiyinlashdi
Qonunchilikdagi yangi o‘zgartirishlarga muvofiq, xorijlik fuqarolarni ish joyiga migratsion ro‘yxatga qo‘yish taqiqlandi, deb yozmoqda "Kommersant".
Avvallari migrantlarni xonadonga ham, ish joyiga ham rasmiylashtirish mumkin edi. Endilikda bu haqiqatan ham ish joyida yashash holati qayd etilganidagina mumkin bo‘ladi. Qonunga amal qilmagan xorijliklar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi statistikasiga ko‘ra, 2017 yilda Rossiyaga 17 mln xorijlik kirgan, mamlakatda 9,5 mln xorij fuqarosi doimiy asosda yashamoqda.
2017 yil oktabrida IIV noqonuniy migrantlar sonini 2,6 mln kishi deb baholagandi. O‘tgan yili 15,7 mln xorijlik migratsion ro‘yxatga olingan — ularning aksariyati O‘zbekiston (4 mln), Tojikiston (2,1 mln), Ukraina (1,8 mlnga yaqin) va Xitoydan (1,5 mlnga yaqin).
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026