O‘zbekiston | 19:59 / 13.07.2018
85769
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatining yangi hokimi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov o‘rniga shu paytgacha Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. 

Bahodir Po‘latov

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 iyul kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev lavozimdan ozod etilgandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid