Jahon | 17:00 / 13.07.2018
6751
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Twitter’da 300 ming obunachisidan ayrildi

Foto: Global Look Press/ZUMA/Jaap Arriens

AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter-akkauntidagi obunachilar soni mazkur servisdagi shubhali akkauntlar tozalovidan so‘ng 300 ming kishiga kamaydi.

TASS agentligining xabar berishicha, Oq uy rahbarining mikroblogini o‘quvchilar soni 53,4 mln kishidan 53,1 mln kishiga tushib qolgan.

Twitter ma'muriyati 12 iyul kuni shubhali akkauntlarning o‘chirib tashlangani haqida ma'lum qildi. «Tozalov»dan maqsad obunachilar sonini «ahamiyatli va aniq» qilishdan iborat. Ijtimoiy tarmoq vakillari folloverlar soni muntazam ravishda kamayib borishini, bu ayniqsa ommabop akkauntlarda sezilarli bo‘lishini bildirdi.

Tramp bilan birga AQShning sobiq rahbari Barak Obama, xonandalar Jastin Biber, Ketti Perri, Teylor Svift va Rianna ham anchagina o‘quvchilarini yo‘qotishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar sonini oshirish va bloglarni ommalashtirish uchun tez-tez soxta akkauntlar yaratiladi. 

Mavzuga oid