O‘zbekiston | 15:29 / 14.07.2018
17665
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimi tadbirkor va investorlar bilan shaxsan uchrashmoqda

Bugun, 14 iyul kuni Toshkent shahar hokimiyatida Toshkent shahar hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida “Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish”ga bag‘ishlangan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlar va investorlar bilan shaxsan gaplashib ularning oldida turgan muammolarga yechim topish hamda turli sohalarda taklif etilayotgan yangi qurilish loyihalari bilan tanishishdan iborat.

Tadbirda 11 ta tuman hokimi va xorijiy mehmonlar qatnashmoqda. 

Shu bilan birga har bir tuman kadastr bo‘lim boshliqlari ham kelgan. Ularga hokimiyatga ma'qul kelgan yer maydoni ajratilishi bo‘yicha ko‘rsatma berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Зафар Солижонов
Tayyorlagan Зафар Солижонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid