Jahon | 18:30 / 15.07.2018
7185
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda terrorchi vazirlik binosiga hujum qildi

Foto: Reuters/Mohammad Ismail

Afg‘oniston poytaxti Kobulda qishloq hududlarini tiklash va rivojlantirish vazirligi darvozasi yonida terrorchi-xudkush o‘zini portlatdi. Bu haqda Tolo News telekanali ma'lum qildi. 

Kobul politsiya boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida 10ga yaqin odam jabr ko‘rgan, halok bo‘lganlar ham bor.  

Vazirlik matbuot kotibining ma'lum qilishicha, portlash 15 iyul kunning ikkinchi qismida vazirlik binosiga kiraverishda sodir etilgan. Terrorchi portlashni vazirlik xodimlari ish kuni yakunlangandan keyin binoni tark etayotganlarida sodir etgan.

Hozircha birorta guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid