Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda halol standarti sertifikatini beruvchi tashkilot paydo bo‘ladi
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan «O‘zstandart» agentligining xalqaro munosabatlardagi mavqei va hamkorlik istiqbollari» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zA xabar berishicha, unda agentlik bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov va boshqalar xalqaro hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda «O‘zstandart» agentligi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha 33 mamlakat bilan 47 hujjat imzolagan. Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini qamrab olgan kelishuvlardan 12tasini hukumatlararo, 35tasini idoralararo bitimlar tashkil etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «O‘zstandart» agentligi standartlashtirish sohasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Rossiyaning «Rosstandart», Malayziyaning Standartlar departamenti, Janubiy Koreyaning Texnologiyalar va standartlar agentligi, Singapurning «Spring» kabi tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan.
Agentlik Metrologiya sohasida hamkorlikni qonuniylashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Hududiy metrologiya tashkiloti (KOOMeT), Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda halol standarti sohasida islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) va Turkiya standartlar instituti bilan yaqin aloqa o‘rnatgan.
«O‘zbekistonda halol standarti bo‘yicha hali to‘liq tizim ishlab chiqilmagan, halol standarti sertifikati beradigan tashkilotlar mavjud emas. Shu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Tez orada halol standarti sertifikati beradigan tashkilotga ega bo‘lamiz», - degan Shukurov.
Mavzuga oid
17:10 / 12.08.2025
Yuk tashuvchilar dodi: rasmiylarning xatosi tovonini tadbirkorlar to‘laydimi?
15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:45 / 15.04.2021
Inson salomatligi uchun xavfli deb topilgan sariyog‘ importiga taqiq qo‘yildi
23:00 / 31.03.2021