Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Erondan neft importini to‘liq to‘xtatmoqda – OAV
Yaponiya neft kompaniyalari Erondan neft importini to‘liq to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Erondan neft importi oktabrgacha to‘liq to‘xtatilishi zarur. Yaponiya Eron o‘rniga Saudiya Arabistoni va BAAni ko‘rib chiqmoqda. Nashrning ta'kidlashicha, Yaponiyaning Eron neftini import qiluvchi JXTG Holdings va Idemitsu Kosan kompaniyalari AQShdan noyabrgacha importni to‘liq to‘xtatish zarurligi haqida ogohlantirish olgan. Vashington 4 noyabrdan Tehronga qarshi sanksiyalar amal qilishini tiklamoqchi. Agar ushbu kompaniyalar Eron neftini import qilishda davom etsa, ularga katta jarimalar solinishi mumkin.
Buning ortida Yaponiya banklari milliy neft kompaniyalarini Eron nefti bilan bog‘liq tranzaksiyalarni amalga oshirishni to‘xtatishlaridan xabardor qilgan. Bundan keyin Eron neftini deyarli xarid qilib bo‘lmay qoladi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
17:56 / 19.06.2026