Jahon | 10:10 / 19.07.2018
12930
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqining Qrimga qarshi sanksiyalariga yana 5 davlat qo‘shildi

Yevropa ittifoqining Qrimga nisbatan sanksiyalarni uzaytirish qarorini besh davlat ma'qulladi, deyiladi Yevroittifoq oliy siyosiy organi saytida. YeI qaroriga Albaniya, Norvegiya, Chernogoriya, Gruziya va Ukraina qo‘shildi.

«Bu mamlakatlar o‘z milliy siyosatlari Kengash qaroriga muvofiq bo‘lishini ta'minlaydi. Yevropa ittifoqi ular olgan majburiyatlarga e'tibor qaratadi va ularni olqishlaydi», — deyiladi Yevropa kengashi xabarida.

YeI qarorini qo‘llab-quvvatlagan besh davlatdan ikkitasi - Albaniya va Chernogoriya Yevroittifoqqa a'zolikka nomzod hisoblanadi. Norvegiya YeI tarkibiga kirmasa-da, Shengen hududi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasiga kiradi. Gruziya va Ukraina YeIga qo‘shilish maqsadlari haqida bir necha bor aytan, ammo hozircha a'zolikka nomzod maqomini olmagan.

YeIning Qrimga nisbatan sanksiyalari 2014 yilda kiritilgan bo‘lib, shu yilning iyunida sanksiyalar 2019 yil 23 iyunga qadar uzaytirildi. 

Sanktsiyalarda Qrim va Sevastopoldan mahsulotlar import qilish cheklangan. Shuningdek hudud iqtisodiyotiga investitsiya kiritish va turistik xizmatlar ko‘rsatish taqiqlangan. Yarimorolga «razvedka, neft, gaz hamda mineral resurslar bilan bog‘liq transport, telekommunikatsiya va energetika mahsulotlarini» olib kirish ham taqiqlanadi.

Mavzuga oid