Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
Bugun, 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kanadaning mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Jon Ronald Kyorni qabul qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti ma'lum qildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida barcha jabhalarda ikki tomonlama aloqalarning ijobiy o‘sishi kuzatilganligi qayd etildi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar, turistik va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.
Uchrashuv yakunida vazir elchiga O‘zbekiston – Kanada hamkorligini faollashtirish, unga ko‘p qirrali tus berishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik izhor etdi.
Kanada elchisi, o‘z navbatida, samarali va sermahsul faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026