Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin AQShdagi «ayrim qudratli kuchlar» haqida ogohlantirdi
Foto: TASS, Mixail Mettsel
Rossiya Amerika yo‘nalishidagi siyosatini olib borishda hattoki o‘z davlati zarariga bo‘lsa ham Rossiya bilan aloqalarni uzishga urinayotgan AQShdagi ayrim qudratli kuchlarning urinishlarini hisobga olishi lozim, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Qo‘shma Shtatlarda o‘zlarining jamoaviy, tor partiyaviy manfaatlarini umummilliy manfaatlardan yuqori qo‘yuvchi kuchlar mavjudligini ko‘rib turibmiz. Bundaylar haqida bir paytlar taniqli satirik yozuvchilarimiz «bechora, bir tiyinga qimmat odamlar» deb yozishgandi. Lekin bunday emas, mazkur holatda bunday emas - ular bechora va bir tiyinga qimmat odamlar emas, aksincha, yetarlicha kuch-qudratga ega, millionlab fuqarolarini tarixiy mantiqqa zid tarafga burib yuborishga qodirlar», - dedi Putin Rossiya elchilari yig‘ilishida.
U shuningdek, ayrim kuchlar Xelsinkidagi uchrashuv natijalarini yo‘qqa chiqarishga urinayotgani va o‘z istaklariga erishish uchun Rossiya-Amerika munosabatlarini qurbon qilishga tayyor ekanligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni Xelsinkida Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvga yuqori baho bergan bo‘lsa-da, AQSh prezidenti demokratlar va ayrim respublikachilar tomonidan tanqidga uchradi.
Mavzuga oid
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026
Kreml OAVga Bonya murojaati mavzusini kengaytirmaslikni buyurdi
14:36 / 16.04.2026
«Xalq sizdan qo‘rqadi». Mashhur bloger Putinga murojaat qildi
22:28 / 14.04.2026