Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya Trampning «Uchinchi jahon urushi» haqidagi so‘zlariga javob qaytardi
Foto: Stevo Vasiljevic/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh qo‘shinlari NATO bo‘yicha barcha ittifoqdoshlarini himoya qilishga majbur emasligi haqida fikr bildirgan. U bunday davlat sifatida Chernogoriyani keltirib o‘tgan va bu davlat sababli Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytgan. “Chernogoriya juda tajovuzkor odamlar yashaydigan kichik davlatdir. Agar ular tajovuz ko‘rsatsalar, biz urushga aralashib qolishimiz mumkin”, deb aytgan Tramp tegishli savolga javoban.
Chernogoriya hukumatining Trampning so‘zlariga javobida ushbu davlat hamisha tinchlikparvar siyosat yuritganini ma'lum qilgan.
“Chernogoriya sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi vaqtida urush bilan qamrab olinmagan yagona davlat bo‘lgan”, deb aytilgan Chernogoriya hukumatida.
Sobiq yugoslav davlatida ta'kidlanishicha, mamlakat NATOga kirgandan keyin uning askarlari nafaqat Yevropada, balki butun dunyo bo‘ylab tinchlik va barqarorlikka katta ulush qo‘shmoqdalar. Jumladan, Chernogoriya harbiylari amerikaliklar bilan bir qatorda Afg‘onistondagi operatsiyalarda ishtirok etayotgani eslatib o‘tilgan.
Chernogoriya hukumatida ta'kidlanishicha, bugungi kunda “katta yoki kichik davlat bo‘lish ahamiyatsizdir”. “Muhimi mamlakat erkinlik va demokratiyaning qanchalik qadriga yetishidir”, deb aytilgan xabarda.
Chernogoriyalik muxolif siyosatchi Ranko Krivokapich Trampning so‘zlariga izoh tariqasida “uni AQSh tarixidagi eng g‘alati prezident” deb atagan. “Tashqi siyosat uning kuchli tomoni emas”, deb aytgan Krivokapich.
Mavzuga oid
13:56 / 28.02.2026
iPhone va iPad NATOning maxfiy ma’lumotlari bilan ishlashga ruxsat oldi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
10:28 / 19.02.2026