AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonning NATO böyiça ba'zi ittifoqdoşlarini himoyalaşga majburligini şubha ostiga qöydi.
Tramp Fox News telekanaliga intervyuda jurnalistning “Amerikalik askarlar yaqinda NATO a'zosiga aylangan Çernogoriyaga hujum bölsa, uni himoyalaşi kerakmi?” degan savoliga quyidagiça javob berdi.
“Men siz nimani aytmoqçiligingizni tuşundim. Men ham özimga şu savolni beraman. Bilasizmi, Çernogoriya juda kuçli odamlarga ega mittigina davlat. Bu odamlar tajovuzkorga aylanişlari mumkin va mening tabriklarim, siz Uçinçi jahon uruşidasiz”, deb javob qilgan AQŞ prezidenti.
Trampning fikriça, AQŞ qöşinlari Çernogoriyani himoya qilişlari şartmas, sababi “bu adolatdan bölmaydi, çunki Çernogoriya hattoki badal tölamaydi”. Şu bilan birga Tramp NATO öz ustaviga köra harbiy ixtilof vaziyatida Çernogoriyani himoyalaşi kerakligini aytgan.
Çernogoriya 2017 yil iyunida NATOning 29-a'zosiga aylandi. Sobiq yugoslav davlati aholisining aksariyati bunga qarşi çiqqan.
NATO kelişuvining 5-moddasiga köra, alyansning barça davlatlari hujumga uçragan boşqa a'zo davlatni jamoaviy himoya qilişi lozim.












