Tramp Putinni Vashingtonga taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga kuzda Vashingtonga tashrif buyurishni taklif qildi, deb xabar qildi AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders.
«Prezident Xelsinkidagi uchrashuvda ikki mamlakat xavfsizlik kengashlari xodimlari darajasida muloqotni davom ettirishga rozi bo‘ldi. Prezident Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jon Boltondan prezident Putinni kuzda Vashingtonga tashif buyurishga taklif etishni so‘radi. Bu masala muhokama qilinmoqda», — deb yozdi Sanders Twitter’da.
Tramp ikkinchi uchrashuvda terrorizmga qarshi kurash, Isroil xavfsizligi masalasi, yadro qurolini tarqatmaslik, kiberhujumlar, iqtisodiy hamkorlik, Ukraina, Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish, Shimoliy Koreya va boshqa mavzularni muhokama qilish niyatida.
Putin va Trampning to‘liq shakldagi ilk uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar deyarli to‘rt soat davom etdi. Amerika prezidentining qayd etishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra yaxshi xulosaga kelindi.
Xelsinkidagi uchrashuvdan oldin Bolton Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan va muzokaralardan so‘ng Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuv joyi va vaqti belgilangandi.
Mavzuga oid
23:02 / 25.09.2024
Putin: «Bizga oddiy qurol bilan hujum ham yadro zarbasiga asos bo‘ladi»
19:43 / 25.09.2024
Rossiyalik mulozimlar va The Washington Post tahlilchilari Kremlning yadroviy tahdidlari «endi hech kimni qo‘rqitmaydi» deyishmoqda
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
10:50 / 21.09.2024