Jahon | 08:04 / 20.07.2018
9278
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik vitse-admiral Azov dengizini minalashtirishni taklif qildi

Foto: Ukraina Davlat chegara xizmati

Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining sobiq qo‘mondoni, vitse-admiral Sergey Gayduk Azov dengizini minalashtirish kerakligini aytgan. Uning fikricha, bunday choralar dengizga Rossiya desantini tashlashdan himoya qiladi.    

Gayduk dengizni “portlovchi to‘siqlar” bilan minalashtirish zarurligini aytgan. Bu Ukrainani, shuningdek, bu hududda Rossiya harbiy kemalarining faoliyatidan himoyalaydi.    

Bundan tashqari, vitse-admiral yana bir himoya chorasi sifatida Azovda muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qilgan. U Ukraina kemalarining minalarga tushib qolishidan  qochish uchun ularning karvon kabi maxsus harbiy yo‘ldan o‘tishini amalga oshirishni taklif qilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid