Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova parlamenti aralash saylov tizimiga o‘tadi
Moldova parlamenti aralash saylov tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunni so‘nggi o‘qishda qabul qildi. Interfaksga ko‘ra, Demokratik partiyaning 74 nafar deputati, Yevropa Milliy guruhi va sotsialistlar partiyasi qonunni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, kommunistlar partiyasi oppozitsion fraksiyasi, Liberal-demokratik hamda Liberal partiya deputatlari bunga qarshi chiqishdi.
Ma'lum qilinishicha, saylov tizimidagi o‘zgarishlarga nisbatan norozilik oppozitsion partiya tarafdorlarining namoyishlari ko‘rinishida avj olyapti. Ularning fikricha, qonun kuchga kirsa, Demokratik partiya qudrati oshib ketishi mumkin. Politsiya parlament binosiga kirishga uringan namoyishchilarni to‘xtatib qolgan.
Ma'lumot uchun, Moldovada parlament saylovlari partiya ro‘yxatiga asosan o‘tkazildi. Amaldagi davlat rahbari Igor Dodon prezidentlik lavozimini egallaganidan so‘ng, aralash tizimni taklif qilgandi. Bunda deputatlarning yarmi partiya ro‘yxati bilan, qolganlari bir mandatli okrug tomonidan saylanadi.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026