O‘zbekiston va Tojikiston muhim bitimni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim prezident Imomali Rahmonning joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi mumkin, deya xabar qiladi avesta.tj.
Tojikiston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Xudoyor Xoliqnazar bu haqda 20 iyul kuni Dushanbe shahrida tashkillashtirilgan «Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik» deb nomlangan tadbirda ma'lum qildi.
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Ergash Shoismatov Tojikiston-O‘zbekiston hamkorligining yuqori darajasi haqida so‘zlab, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa ochilganini ta'kidladi.
Ergash Shoismatovning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda joriy yilning avgust oyiga rejalashtirilgan Imomali Rahmonning davlat tashrifiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tashrif doirasida, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024