Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Afrika davlatlari bo‘yicha turne amalga oshiradi
Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘an JARning Yoxannesburgida BRIKSga a'zo davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari sammitida ishtirok etadi. Erdo‘g‘an sammitdan keyin Zambiyaga yo‘l oladi.
Erdo‘g‘anning matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, Turkiya prezidenti 27 iyulga belgilangan “BRIKS+” sessiyasida Islom hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi sifatida ishtirok etadi. Shu tariqa Anqara ushbu xalqaro tashkilot sammitida ilk bor taqdim qilinadi.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Yoxannesburgda BRIKSga a'zo davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
BRIKS sammiti JARda 25-27 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 28 iyulda esa Erdo‘g‘an Zambiyaga ilk rasmiy safarini amalga oshiradi.
Mavzuga oid
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
08:43 / 11.06.2026