Toshkentda zamonaviy sharoitlarga ega ko‘p tarmoqli shifoxona qurish taklifi bildirildi
21 iyul kuni Toshkent shahri hokimiyatida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan tadbirkorlar hamda xorijiy investorlar uchun «ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.
Tadbirda 100dan ortiq tadbirkor va investorlar qatnashdi. Toshkent shahar hokimi har bir tadbirkor va investor bilan shaxsan suhbatlashdi va ularning loyihalari bilan tanishib chiqdi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, shu kuni «GARBUS TRADE» xususiy korxonasi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani Chimboy ko‘chasi 2-A uy hududida zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurish taklifi bildirildi. Loyihaning qiymati qariyb 2,75 million AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 1,5 million AQSh dollari Germaniyaning «Woomed» kompaniyasi investitsiyasi va qolgani tadbirkorning o‘z hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatildi. Korxona mazkur loyihani amalga oshirish uchun hokimiyatdan 1100 metr kvadrat maydon so‘radi.
Mavzuga oid
14:25 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
18:15 / 11.09.2024
Yana 50 ming gektar yer kambag‘al oilalarga bo‘lib beriladi
17:18 / 07.09.2024