Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan darg‘azab
Belarus prezidenti, mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Aleksandr Lukashenko Xalqaro basketbol federatsiyasi bosh kotibi Patrik Baumann bilan uchrashuv chog‘ida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) harakatlarini tanqid ostiga oldi, deb xabar qilmoqda TASS.
«Bizda Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ko‘plab savollar bor. Mening fikrimcha, tuzilma shunchaki byurokratik emas, u ba'zida mas'uliyatsiz hamdir. U yerda qandaydir lavozimni egallagan shaxslar juda tezlik bilan «bronzalashadi». Men Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida navbatdagi tadbirda xalqaro sport jamoatchiligiga bu ma'lumotni yetkazishga majburman», - dedi Lukashenko.
Belarus prezidenti XOQ dopingga nisbatan qoidalar bo‘yicha siyosatini o‘zgartirishiga umid bildirmoqda.
«Biz halol sport tarafdorimiz, biz xalqaro tashkilotlarning shaffof faoliyati tarafdorimiz, jumladan XOQning ham», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026