Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda kelin-kuyov traktor «belkuragi»da FHDYoga bordi
Guliston shahrida yashovchi Valijon aka qaynisining “Bir to‘y qilingki, hali hech kimniki bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lsin, dovrug‘i Sirdaryoning narigi qirg‘og‘iga ham yetsin” degan maslahatiga ko‘nib, quda tomonga “Qizimni eng so‘nggi rusumdagi traktorda olib ketasizlar” deb shart qo‘ydi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Qaynisi tomonidan o‘ylangan to‘y ssenariysiga ko‘ra, kelin–kuyov FHDYoga boshqalar kabi avtomobillarda emas, qurilish-obodonlashtirish ishlarida qo‘llaniladigan qimmatbaho texnikaning “belkuragi”da yo‘l olishdi.
Ammo, aslida bu voqea hayotda bo‘lgani yo‘q. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatib borilayotgan ko‘rsatuvning navbatdagi syujyetida dabdabali to‘y qilib nom chiqaraman, deb boshdan oyog‘igacha qarzga botganlar ana shunday satira ostiga olindi.
Ko‘rsatuv rejissyori Jahongir Eshpo‘latovning ushbu ijodiy topilmasi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Eng muhimi, mazkur teletomosha yurtimizda to‘ylarni ixchamlashtirish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo‘yish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot–tashviqot ishlariga qo‘shilgan o‘ziga xos hissa bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026