Jahon | 07:56 / 25.07.2018
6269
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadorda kuchli qurg‘oqchilik sababli trevoga e'lon qilindi 

Foto: Getty Images

Salvador hukumati mamlakatga yopirilgan kuchli qurg‘oqchilik sababli 24 iyulda trevoga e'lon qildi. 

“Ekstremal qurg‘oqchilik sababli makkajo‘jori yetishtirishda ziyon ko‘rgan 12 ta departamentda “zarg‘aldoq” va 143 ta munitsipalitetda “qizil” trevoga darajasi e'lon qilindi”, deb aytilgan mamlakat fuqarolik mudofaasi bosh boshqarmasi bayonotida. Ma'lum qilinishicha, trevoga gumanitar yordam yetkazishni boshlash uchun e'lon qilingan.    

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik mamlakatning kamida 10 ta departamentida 29 kundan beri davom etib kelmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid