Jahon | 09:53 / 26.07.2018
5401
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq AQShdan suyultirilgan gaz importini keskin oshiradi

Foto: TASS/ Aleksandr Semenov

Yevropa ittifoqi AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz importini oshirishni rejalashtirmoqda, bu energiya ta'minotini diversifikatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning qo‘shma bayonotida aytilgan.

Bayonot Tramp va Yunkerning muzokaralari yakuni bo‘yicha e'lon qilindi.

«Yevropa ittifoqi Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq suyultirilgan tabiiy gazni import qilmoqchi. Bu energiya yetkazib berishni diversifikatsiya qilish uchun amalga oshiriladi», - deyiladi bayonotda.

Hozirgi vaqtda YeIga suyultirilgan tabiiy gazni ko‘proq Rossiya yetkazib beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid